IJOD VA IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLARDA "OCHIQ ESHIKLAR KUNI"

#Ochiq_eshiklar_kuni
#Qabul_2024

⚡️ Agentligimiz tizimidagi ijod maktablari hamda barcha ixtisoslashtirilgan maktablarida "Ochiq eshiklar" kuni oʻtkazilmoqda.

Mazkur tadbirlar doirasida umumtaʼlim maktablari oʻquvchilari va ota-onalar taʼlim maskanlarimizda yaratilgan shart-sharoitlar hamda imkoniyatlar bilan yaqindan tanishtirilmoqda. Shuningdek, 2024-2025-o‘quv yili uchun o‘quvchilar qabuli to‘g‘risida maʼlumotlar berilmoqda, maktablarimizdagi o‘qitish tizimi va metodikasi haqida taqdimotlar qilinmoqda. O‘quvchilarimizning dars jarayoni va noakademik to‘garaklardagi amaliy ishlari boʻyicha koʻrgazmalar oʻtkazilmoqda.

Hududlardagi jarayonlardan suratlar.

📝 IJOD MAKTABLARI https://t.me/piimauz/13980
🗺 HUDUDIY MAKTABLAR https://t.me/piimauz/16105