IT- oromgoh doirasida xorijlik o'qituvchil tomonidan treninglar tashkil etildi (Video)

 Al-Xorazmiy axborot texnologiyalari maktabida bo'lib o'tayotgan IT-Oromgoh doirasida Respublikadagi eshitishi zaif bolalar maktab-internati o'qituvchilari uchun xorijlik o'qituvchilar tomonidan treninglar tashkil etildi. 

Trening avvalida, psixolog tomonidan maktab-internat o'qituvchilari uchun imkoniyati cheklangan yoshlar bilan ishlash va samarali muloqot olib borish, ularga IT va Robototexnika sohalarini o'rgatishning o'ziga xos usullarini amaliyotda qo'llash bo'yicha tushunchalar berildi. 

Shundan so'ng, o'qituvchilarni xorijiy tajriba bilan tanishtirish maqsadida Nurafshon Prezident maktabi Matematika va Robototexnika fani o'qituvchisi malayziyalik Mehrdad Yamani tomonidan dars jarayonlarida Robototexnika sohasini o'rgatishning dastlabki bosqich va usullari, mexanika, elektronika va dasturlash orqali 3D modellarni yasash va harakatlantirish borasida dars o'tildi.

Treningdan ko'zlangan maqsad, imkoniyati cheklangan yoshlarga cheklanmagan imkoniyatlarni taqdim etishdan iborat.