IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB O‘QUVCHILARINING START-UP LOYIHALARI E’TIROF ETILDI

IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB O‘QUVCHILARINING START-UP LOYIHALARI E’TIROF ETILDI

Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab o'quvchilari “Iqtidorli yoshlar va yosh olimlar tomonidan tayyorlangan ishlanmalar va loyihalar ko‘rgazmasi”da ishtirok etishdi.

Unda quyidagi loyihalar taqdimot qilindi:

 11-sinf o‘quvchisi M.Mirsaidovaning “Biologiyani ingliz tilida o‘rganamiz” kitobini ingliz tilidagi taqdimoti Innovatsion rivojlanish vazirligining ekspert guruhi tomonidan yuqori baholandi va innovasion kitobga aylantirish tavsiya etildi. 

✔️11-sinf o‘quvchisi Sh.Jo‘raboevaning “Ko‘rish analizatorining profilaktikasi va gigienasi” kitobining ingliz tilida qilingan prezentasiyasi ekspert guruhi tomonidan yuqori baholandi va innovasion darslik sifatida chop etish belgilandi.

✔️7-sinf o‘quvchisi O.Orzievning “Suv tozalash buldozeri”;

✔️7-sinf o‘quvchisi I.Maxmutxo‘jaevning “Sanoat bo‘yicha suvni yumshatish”;

9-sinf o‘quvchilari R.Sobirova va N.Jo‘raqulovalarning “Chiqindisiz hayot”;

10-sinf o‘quvchilari D.Raximovaning “Matematicheskoe modelirovanie DNK”;

10-sinf o‘quvchilari O.Nazarov va A.Kobiljanovlarning “Sposobi polucheniya antibakterial'nogo materiala”;

10-sinf o‘quvchilari A.Musurmonov va S.Mirzaqulovlarning “Forel balig‘ini yetishtirish sifatini orttirish”;

11-sinf o‘quvchilari B.Jalilov va U.Kamolovlarning “Shifobaxsh suv tayyorlash” loyihasi