Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga imtihonsiz kirish imtiyozi bormi, bor bo‘lsa qanday imtiyozga ega bo‘lgan o‘quvchilar imtihonsiz kira olishadi?

#qabul_2023
#10_iyun_30_iyun

❓Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga imtihonsiz kirish imtiyozi bormi, bor bo‘lsa qanday imtiyozga ega bo‘lgan o‘quvchilar imtihonsiz kira olishadi?

✅Ro‘yxati Agentlik tomonidan tasdiqlanadigan xalqaro, mintaqaviy yoki asosiy fan olimpiadalarining uchinchi (viloyat) bosqichida g‘olib va sovrindor bo‘lgan (1, 2, 3-o‘rinlar) umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va professional ta’lim tashkilotlari o‘quvchilari o‘z hududida joylashgan ixtisoslashtirilgan maktablarga umumiy qabul parametrlari doirasida imtihonsiz o‘qishga qabul qilinadi.

✅Prezident maktablarining 5-sinf kirish imtihonlari 2-bosqichida ishtirok etib, o‘qishga kira olmagan talabgorlar hujjat topshirish jarayonida o‘z hududidagi o‘zlari tanlagan ixtisoslashtirilgan maktablardan birida o‘qish istagini bildirgan taqdirda kvotaning 50 foizi doirasida ballar ketma-ketligi asosida imtihonsiz mazkur ixtisoslashtirilgan maktablarga qabul qilinadi.

☎️ Call-markaz: 1206