Ixtisoslashtirilgan maktabga hujjat topshirishda kundalik.comdagi baholar rasmini yuklash mumkinmi?

#qabul_2023
#10_iyun_30_iyun

❓Ixtisoslashtirilgan maktabga hujjat topshirishda kundalik.comdagi baholar rasmini yuklash mumkinmi?

✅Kundalik.comning o‘quvchiga joriy o‘quv yilida qo‘yilgan baholar qismini chiqarib, direktor tomonidan tasdiqlatib, keyin ariza.piima.uz saytiga yuklash mumkin.

❓Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarga imtihonlar qanday manbalardan olinadi? Imtihon savollari o‘qishga hujjat topshirgan o‘quvchilarning yoshi va maktabda o‘qigan fanlarini inobatga olgan holda tuzilganmi?

✅Mazkur maktablarga kirish imtihonlari o‘quvchilarning yoshiga mos tarzda, maktab darsliklari va o'quv dasturlari asosida tashkil etiladi.

❓Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Muhammad al-Xorazmiy, Abu Ali ibn Sino va Mirzo Ulug‘bek nomidagi tayanch ixtisoslashtirilgan maktablarga turli viloyatlardan o‘quvchilar o‘qishga hujjat topshira olishadimi?

 ✅Mazkur ixtisoslashtirilgan maktablarga o‘quvchilar yurtimizning barcha hududlaridan o‘qishga hujjat topshirishlari mumkin.

☎️ Call-markaz: 1206