#Xalqaro_hamkorlik
⚡️Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi huzuridagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi hamda Xalqaro bakalavriat (IB) tashkiloti o'rtasida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning ta'lim jarayonini xalqaro akkreditatsiya talablariga muvofiqlashtirish hamda akkreditatsiyadan o‘tkazish to‘g'risida shartnoma imzolangan.
📍Ixtisoslashtirilgan maktabga Xalqaro bakalavrni rivojlantirish tashkiloti boshqaruvchisi Verdanu Pavletich tashrif buyurdi.
⏰ IB xalqaro dasturi vakili maktabda yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishib, o‘quvchilarning ingliz tilida suhbatlasha olish qobiliyatidan hayratlanib, ijobiy fikrlar bildirdi.