Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi direktori Alisher Ubbiyev ishtirok etdi

#soʼnggi_qoʼngʼiroq

📍Nukus shahridagi ixtisoslashtirilgan maktab-internatida o'tkazilgan “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirida Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi direktori Alisher Ubbiyev ishtirok etdi

🔹Unda Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining birinchi o’rinbasori Nurullan Erlepesov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining bitiruvchilarga tabrigini o‘qib eshittirdi.  

⚡️Tadbirda so'zga chiqqanlar yangi hayot sari qadam tashlayotgan yoshlarni samimiy tabriklab, ularga muvaffaqiyatlar tiladi.

📌 Ma'lumot o'rnida, 504 o'ringa mo'ljallangan mazkur maktabni bu yil 28 nafar 11-sinf o'quvchilari bitirdi. Ulardan 7 nafari muddatidan oldin xorijning nufuzli oliy ta'lim muassasalariga o‘qishga qabul qilingan.