Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimida tashkil etilgan ixtisoslashtirilgan maktablarga olimpiadalarda g‘olib bo‘lgan o‘quvchilar imtihonlarsiz o‘qishga qabul qilinishi aytilgan edi.

#qabul_2023
#10_iyun_30_iyun

❓Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimida tashkil etilgan ixtisoslashtirilgan maktablarga olimpiadalarda g‘olib bo‘lgan o‘quvchilar imtihonlarsiz o‘qishga qabul qilinishi aytilgan edi. Ushbu qoidaga muvofiq barcha olimpiadalarda g‘olib bo‘lganlar o‘qishga qabul qilinadimi yoki qandaydir cheklovlar ham mavjudmi? 

✅ Ushbu imtiyoz Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlari uchun Agentlik tomonidan tasdiqlangan Xalqaro olimpiadalar, Mintaqaviy olimpiadalar hamda asosiy fan olimpiadalarining matematika, fizika, kimyo, biologiya, hamda informatika va axborot texnologiyalari fanlaridan viloyat bosqichida 1-2-3-o‘rinlarini egallagan o‘quvchilariga tatbiq etiladi.

☎️ Call-markaz: 1206