Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Mirzo Ulug'bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi 10-sinf o'quvchisi Javoxir Sultonov fizika fanidan xalqaro olimpiadalarda ishtirok etuvchi O'zbekiston terma jamoasiga nomzodlar saralashning 3-bosqichida ham yuqori natijani qo'lga kiritdi.
Ushbu saralash bosqichida 8 nafar o'quvchi saralab olindi. Javoxir bu bosqichda faxrli ikkinchi o'rinni qo'lga kiritdi va 23-31-may kunlari Hindiston davlati tashkilotchiligida masofaviy (onlayn) shaklda o'tkaziladigan 22-Osiyo fizika olimpiadasi (APhO)da ishtirok etish imkoniyatini qo'lga kiritdi.
Ma'lumot uchun: Osiyo fizika olimpiadasida ishtirok etib, eng yuqori ball to'plagan 5 nafar ishtirokchi nufuzli xalqaro fizika olimpiadasi (IPhO)da ishtirok etishadi.