❗️Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar o'rtasida joriy yilning 12-13-may kunlari fan olimpiadasining Agentlik bosqichi bo'lib o'tadi
⚡️Unda:
➖shu yilning 5-6-may kunlari o'tkazilgan Olimpiadaning hududiy bosqichi g'oliblari ishtirok etadi.
📝 Olimpiada quyidagi fanlardan o'tkaziladi:
➖Matematika
➖Fizika
➖Kimyo
➖Biologiya
➖Informatika va axborot texnologiyalari
➖Science
⏳Olimpiada barcha hududlarda belgilangan kunlar mobaynida bir vaqtda bo'lib o'tadi.
O'quvchilarning barcha ishlari markazlashgan holda Toshkent shahrida ekspertlar tomonidan tekshiriladi va natijalar e'lon qilinadi.
❗️Topshiriqlar:
🧮 Matematika va Science fanlaridan
➖Test
➖Yozma ish bo'yicha
🧬 Fizika, Kimyo va Biologiya fanlaridan
➖Test
➖Yozma ish
➖Laboratoriya ishi
💻 Informatika va axborot texnologiyalari fanidan
➖Dasturlash (coding (https://piima.robocontest.uz/login)) bo'yicha o'quvchilar o'z bilimlarini sinovdan o'tkazishadi.
⏩ Har bir fan va sinflar kesimida eng yuqori ballni qo'lga kiritgan 10 nafardan o'quvchilar Agentlik terma jamoasiga qabul qilinadi hamda 3 nafardan (1-2-3-o'rinlarni egallagan) o'quvchilar g'oliblikni qo'lga kiritadi.
✅Bundan tashqari yuqori natijalarga erishgan o‘quvchilarga
➖ “Yangi Oʻzbekiston” universiteti,
➖ “PDP University”,
➖ Toshkent Kimyo xalqaro universiteti,
➖ Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti,
➖ “Perfect-university”
➖ Alfraganus universiteti tomonidan ta'lim grantlari taqdim etiladi.