KEMBRIJ XALQARO TAʼLIM TASHKILOTI BILAN HAMKORLIKDA ILMIY-AMALIY TRENINGLAR HAFTALIGI BOSHLANDI

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tomonidan Prezident maktablarining ijrochi va akademik direktorlari hamda STEM fanlari bo‘yicha xorijiy va mahalliy o‘qituvchilari uchun Kembrij xalqaro ta’lim tashkilotining 2025-2027-o’quv yillari uchun ishlab chiqilgan yangi dasturlarining taqdimoti, o’qitish metodikasi, laboratoriya ishlari bilan tanishtirish maqsadida tashkil etilgan ilmiy-amaliy treninglar haftaligi oʻz ishini boshladi. 

Agentlik tizimidagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab mezbonlik qilayotgan ushbu tadbirga  ishtirokchilarga ta’limning eng so’ngi metodlarini o’qitish, amaliy mashg’ulotlar o’tish, zamonaviy ta’limning yangi usullari bo’yicha taqdimotlar o’tkazish maqsadida Kembrij xalqaro ta’lim tashkilotidan 12 nafar malakali mutaxassislar jalb etilgan. 

Kembrij xalqaro ta’lim tashkiloti bilan hamkorlikdagi ilmiy-amaliy treninglar haftaligi 29-martgacha davom etadi.  

https://t.me/piimauz/14918