MANIM

Kun botadi...
Oqaradi tong...
Oʻngdan kelar maʼnisiz tushlar.
Yakkatutning egik shoxida
Taqdiridan noliydi qushlar...

Kun keladi elning boshiga 
Quyosh suzar soyning qoʻynida.
Men bir safar magʻlub boʻlayin
Siz kashf etgan hayot oʻynida...

Kun bitadi tundan ohista
Koʻk labida qolar kalima...
Umr boʻlsa...
Umr meniki...
Sizga nima?!

Muqaddas Muhammadaliyeva, Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi 10-sinf o'quvchisi.