Masofaviy Matematika - 2020 onlayn olimpiadasi davom etadi!

 
O'zbekiston Yoshlar Ittifoqi, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi AKTga ixtisoslashtirilgan maktab va O'zbekiston Matematiklari va informatika assotsiyatsiyasi 30-iyun Yoshlar kuni munosabati bilan navbatdagi maxsus matematika onlayn olimpiadasini e'lon qiladi! Olimpiada ikki kategoriya - 9-10-11 sinflar va OTMning 1-kurs talabalari o'rtasida bo'lib, ro'yxatdan o'tish @uzmia_bot orqali amalga oshiriladi.
???? Olimpiada savollari 26-iyun soat 10:00da e'lon qilinadi.
???? Ro'yxatdan o'tish muddati: 25-iyun 23:59.
PS: Onlayn olimpiada haqida batafsil ma'lumot telegramdagi @itschooluz, @uzmia31, @masofatalim kanallarida va @uzmia_bot telegram botida berib boriladi.