Matematika va kimyo fanlaridan Xalqaro fan olimpiadalariga saralashning II bosqichiga start berildi

 Matematika va kimyo fanlaridan Xalqaro fan olimpiadalariga saralashning II bosqichiga start berildi. 

Xalqaro olimpiadaga saralashning II bosqichi Toshkent shahar Olmazor tumani 224-sonli umumiy o‘rta ta'lim maktabida bo‘lib o‘tmoqda. Ishtirokchilarga matematika fanidan - yozma ish uchun 4 ta masala,  kimyo fanidan - yozma ish uchun 5 ta masala berildi. Ishtirokchilarga topshiriqlarni bajarishlari uchun 4 soat vaqt berildi.

Ushbu olimpiadada Agentlik tizimidagi maktablardan 8 nafar o'quvchi ishtirok etmoqda. Kimyo fanidan - 5 nafar, matematika fanidan esa 3 nafar o'quvchi Xalqaro fan olimpiadalarida qatnashish imkonini qo'lga kiritish uchun bellashishadi.