Agentlik tomonidan tizimidagi maktablarning OAV va jamoatchilik bilan ishlash xodimlarining malakasini oshirish maqsadida tashkil etilgan masofaviy oʻquv-treningi bugun nihoyasiga yetdi.
Media-treningda qatnashchilar berilgan topshiriqlarni bajarish orqali belgilangan mavzular yuzasidan bilim va tajribaga ega bo'lishdi. Buni ular tomonidan tayyorlangan ishlarda ham ko'rish mumkin. Shu bilan birga, jurnalistlar beradigan noqulay savollarga o'rinli javob berish ko'nikmasini o'zlarida shakllantirdilar.
Mazkur trening axborot xizmati faoliyatini to‘g‘ri olib borish bo‘yicha tajriba oshirishda katta ahamiyat kasb etadi.