O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi o‘rinbosari bilan ijodiy uchrashuv va mahorat darsi

 

Abdulla Oripov ijod maktabida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi o‘rinbosari,  shoir Nodir Jonuzoq va shoir Rustam Mirvohid bilan ijodiy uchrashuv hamda mahorat darsi bo‘lib o‘tdi. Dars O‘zbekiston Qahramoni,  O‘zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov hayoti va ijodiga bag‘ishlandi. O‘quvchilar o‘z ijod namunalari hamda buyuk shoir ijodidan namunalar o‘qidilar.

Tadbirda maktab kutubxonasiga o‘zbek va jahon adabiyotidan nodir badiiy asarlar taqdim etildi.