Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida ijtimoiy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida joriy yilning 10-sentabr kuni o‘tkazilgan selektor yig‘ilishi bayoni 29-bandi ijrosini ta'minlash maqsadida, Prezident ta'lim muassasalari agentligi tasarrufidagi Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida Andijon viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hamkorliga ijtimoiy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi.

O‘tkazilgan uchrashuvda Andijon viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i, general-leytenant Normatov Shavkat Tursunpo‘latovich ishtirok etib, ijod maktabi o‘quvchilariga mamlakatimizda va tizimda olib borilayotgan islohotlar, bunyodkorlik ishlari, favqulodda holat yuzasidan olib borilishi kerak bo‘lgan vazifalar yuzasidan davra suhbati o‘tkazildi.