Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida "Yangi O‘zbekiston jadidlari" mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Unda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktor maslahatchisi E’zozaxon Karimova ishtirok etib, taraqqiyparvar ajdodlarimizning ilg‘or g‘oya va qarashlarini tadqiq etish Yangi O‘zbekiston va Uchinchi Renessansni bunyod qilishda mustahkam poydevor bo‘lishini ta’kidlab o‘tdi. 

Tadbirda ijod maktabining o‘quvchilari tomonidan ma’rifatparvar jadid bobolarimizning hayoti va ijodi aks ettirilgan sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.