Namangan shahridagi Prezident maktabida A va AS daraja olish uchun imtihondan oldingi sinovlari o‘tkazilmoqda

 

Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarda o‘quvchilarning bilimlarini sinovdan o‘tkazishga qaratilgan turli test sinovlari o‘tkazilmoqda. 

Xususan, Namangan shahridagi Prezident maktabi 11- sinf o'quvchilari uchun bir haftalik A va AS daraja olish uchun imtihondan oldingi sinovlar bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu imtihonlar Cambridge qonun-qoidalari asosida tashkil etiladi.

O‘quvchilar bu orqali  bir vaqtning o‘zida  nafaqat  bilimlarini sinovdan o‘tkazishadi, balki qaysi jihatlarda o‘z ustilarida ishlashlari lozimligini ham bilib olishadi.