Namangan shahridagi Prezident maktabining 2 nafar o‘quvchisi jami 928 000 AQSH dollarlik grantni qo‘lga kiritdi

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi maktab o'quvchilari dunyoning nufuzli oliygohlariga o'qishga kirishda davom etishmoqda.

Jumladan, Namangan shahridagi Prezident maktabining 11 - sinf o'quvchisi  Abdulbositxon Obiddinov 12 ta xorijiy OTMlarga qabul qilinib, hozirgi kunga qadar 400 ming AQSH dollari miqdoridagi grantni qo'lga kiritdi.

 Maktabning yana bir o'quvchisi  Javohir Isayev esa 10 ta xorijiy oliygohdan hozirgacha jami 528 ming AQSH dollari miqdorida grantga ega bo'ldi.