NUKUS SHAHRIDAGI PREZIDENT MAKTABI BITIRUVCHILARI BILAN OCHIQ MULOQOT

Bugun Prezident ta'lim muassasalari agentligi direktori Hilola Umarova Nukus shahridagi Prezident maktabi bitiruvchilari va ularning ota-onalari  bilan uchrashdi.

Ochiq muloqot davomida Agentlik rahbari bitiruvchilarning orzu va maqsadlariga quloq tutdi hamda ularni qiziqtirgan savollarga javob berdi. 

Shuningdek, Hilola Umarova  o'quvchilarning erishgan yutuqlari zamirida ota-onalarning mehnati katta ekanligini alohida e'tirof etib, ularga tashakkurnomalar topshirdi.

Uchrashuv doirasida "Yangi O‘zbekiston" universitetining taqdimoti ham bo'lib o'tdi. 

Unda universitetning fakultet va yo‘nalishlari, yaratilgan imkoniyat va shart-sharoitlar hamda qabul jarayonlari haqida batafsil maʼlumot berildi.