OʻQUVCHIMIZ TAQDIRLANDI

#Bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor

Nukus shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktabining 8-sinf oʻquvchisi Malika Xojamuratova “ICT4Girls” qizlar olimpiadasida gʻolib boʻlgan edi.  

Shu munosabat bilan oʻquvchimiz Qoraqalpog‘iston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Gulistan Kojabayeva tomonidan hurmat yorligʻi va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.

Maʼlumot uchun, endilikda Malika Xojamuratova Niderlandiyada bo‘lib o‘tadigan xalqaro IT qizlar olimpiadasida ishtirok etadi. 

Oʻquvchimizning kelgusidagi oʻqish va ishlarida omad va ulkan zafarlar tilaymiz!
https://t.me/piimauz/17466