Andijon shahridagi Prezident maktabining bir guruh oʻquvchilari Turkiyaning Istanbul shahrida joylashgan Fatih Sultan Mehmet oʻrta maktabida “Imkonsizlik toʻsiqlarini yengish” mavzusidagi xalqaro konferensiyada ishtirok etdi.
Konferensiyada BMT (Birlashgan Millatlar Tashkiloti) ish faoliyati model tarzida namoyon etildi.
45 ta davlat vakillari, 30 dan ortiq xalqaro maktablarning 200 dan ziyod delegatlari ishtirok etgan mazkur konferensiyada o‘quvchimiz Bexruzbek Xoldarov “Eng yaxshi delegat” nominatsiyada gʻolib bo‘lib, tashkilotchilari tomonidan eʼtirof etildi.