Oʻquvchilar oʻrtasida matematika boʻyicha ilk marotaba “Qoʻqon olimpiadasi” oʻtkazilmoqda. Gʻoliblarga "Neksiya" va “Kobalt” avtomobili beriladi.
“Qoʻqon olimpiadasi” umumtaʼlim maktablarining 5, 6, 7, 8, 9 va 10, 11-sinflari, akademik litseylarning 1, 2-bosqich oʻquvchilari oʻrtasida oʻtkazilishi koʻzda tutilgan.
“Qoʻqon olimpiadasi”ni tashkil etish va oʻtkazish orqali yoshlar orasida “Bilim — insonni ulugʻlaydi”, degan shior keng targʻib qilinishi bilan birga, gʻoliblarning erishgan yutuqlarini jamoatchilik oʻrtasida yoritish evaziga oʻgʻil-qizlarga yana-da koʻproq motivatsiya berish ham maqsad qilingan. Bu esa oʻquvchi-yoshlar, talabalar orasida ilm olishga boʻlgan qiziqish va intilishlarini kuchaytiradi.
Nukus shahridagi Prezident maktabining 6 sinf o'quvchisi Timur Kadirbergenov, 8-sinf oquvchisi Shahriyor O'runboyev , 9 sinf o'quvchilari Akmal Xudaybergenov, Begdulla Tursinbaev va 10 sinf o'quvchisi Shohrux Yuldashevlar “Qoʻqon olimpiadasi”ning saralash bosqichidan muaffaqiyatli o'tib, Respublika bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritishdi.