Orzuyimdagi birinchi kitobim....

Kitob – umr yo'llarini yorituvchi so'nmas nur, inson hayotiga mazmun baxsh etuvchi saodat manbai, unga har qanday vaziyatda ham hamroh bo'luvchi sodiq do'st. Insonning ma'naviy kamolotini ta'minlashda kitob singari kuchli qudratga ega vosita yo'q. Shu bois azal-azaldan ma'rifat peshvolari, ahli donishlar butun insoniyatni kitob o'qishga, undan ilmu odob sirlarini o'rganishga chorlab kelishgan. 

        Har bir shoir bo‘lish istagi bor inson borki, albatta o‘zining sara ijodiy ishlari jamlangan birinchi kitobini dunyoga kelishini, chop etishilishni xohlaydi. Bu kitobning odamlar orasida sevilib o‘qilishiga esa avvalambor bu kitobning ustki ko‘rinishi, uning sarlavhasi juda ham katta rol o‘ynaydi.

        Joriy yilning aprel oyida Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi o‘quvchilari orasida buyuk shoir bo‘lib yetishishlari uchun dastlabki qadam o‘z ijod namunalarining saralari jamlangan birinchi kitoblarini chop etish vazifasi yuklandi va ijod maktabi direktori, atoqli shoir Muhammad Ismoil eng sara kitoblarni munosib taqdirlashini aytib o‘tdilar. Aprel oyida ijod maktabining barcha o‘quvchilari o‘zlarining birinchi orzularidagi kitobni chop etish maqsadida bor kuch g‘ayratlari bilan mehnat qilishdi. Va nihoyat tanlov kuni yetib keldi barcha o‘quvchilar o‘zlarining birinchi kitoblarini sinf rahbarlariga topshirishdi. 

        Joriy yilning 1-may sanasida eng sara kitoblar g‘oliblarini e’lon qilish va taqdirlash maqsadida barcha ijod maktabi o‘quvchilari ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi. Kitoblarni saralash paytida barcha detallarga ya’ni ktobning ustki muqovasi, ustki va ichki dizayni, kitobning sarlavhasiga katta e’tibor qaratildi.

G‘oliblarni e’lon qilishdan avval ijod maktabi direktori, atoqli shoir, Turon fanlar akademiyasining akademigi Muhammad Ismoil so‘zga chiqdi. Barcha o‘quvchilarning qilgan ushbu mehnatlariga yuksak baho berib, barcha o‘quvchilardan juda ham mamnun ekanligini ta’kidlab o‘tdi. “Birinchi kitob - buyuk shoir bo‘lishga tashlangan ilk qadamdir. Har bir shoir borki o‘zining ijod namunalarini tarixda qolishini, odamlar sevib o‘qishini, ularning qalbiga yetib borishini xohlaydi, buning uchun esa shoir avvalo chop etmoqchi bo‘lgan kitoblariga chuqur nazar solishi, uning sarlavhasiga, tashqi va ichki dizayniga katta e’tibor qaratishi lozim. Bugungi yaratgan kitobilar sizlar uchun kelajakda muhim tajriba bo‘lib xizmat qiladi.” – deb o‘quvchilarga muhim bo‘lgan tavsiyalarni berdi.

Uchrashuvning eng hayajonli lahzasi, g‘oliblarni e’lon qilish vaqti keldi. G‘oliblarni har bir sinf rahbarlari e’lon qilishdi.

6-sinflar orasida eng namunali kitob mualliflari sifatida:

Mingbiyeva Zulayxo I o‘rin

Yo‘dosheva Odina II o‘rin

Abdunabiyeva Surayyo III o‘ringa loyiq ko‘rildi.

7-sinflar orasida eng namunali kitob mualliflari sifatida:

Tursunaliyeva Jasmina I o‘rin 

Jabborova Dilnoza II o‘rin

Chamiddinova Charos III o‘ringa loyiq ko‘rildi.

8-sinflar orasida eng namunali kitob mualliflari sifatida: 

Davronbekova Shahlo I o‘rin

Ahmatqulova Mahliyo II o‘rin

Hamraqulova Shahzoda III o‘ringa loyiq ko‘rildi

9-sinflar orasida eng namunali kitob mualliflari sifatida:

G‘ofurova Dilafruz I o‘rin

Rajabaliyeva Muxlisa II o‘rin

Naimjonova Sitora III o‘ringa loyiq ko‘rildi.

Uchrashuv so‘nggida ijod maktabi direktori, shoir Muhammad ismoil barcha g‘olib bo‘lgan o‘quvchilar bilan birgalikda joriy yilning 2-may sanasida Zomin tumaniga sayohat uyushtirishini va’da qildi. 

Ushbu “Orzuyimdagi birinchi kitobim” tanlovi ijod maktabi o‘quvchilari uchun esda qolarli kun bo‘ldi va ular yaratgan birinchi kitob kelajakdagi ularning taniqli va buyuk shoir bo‘lishlari uchun muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.

Halima Xudoyberdiva nomidagi ijod maktabi ijtimoiy-madaniy masalalar bo'yicha targ'ibotchisi

Sanjar Obidov