PREZIDENT MAKTABI O‘QUVCHISI DUNYODA YETTILIKDA TURUVCHI UNIVERSITETGA QABUL QILINDI

Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Namangan shahridagi Prezident maktabining 11-sinf o‘quvchisi Haydarova Go‘zalxon Amerika universitetlari orasida 1-o‘rinda turuvchi Princeton universitetiga 100 foizlik grant asosida talabalikka qabul qilindi.

Princeton University  dunyo reytingida 7-o‘rinda turadi. Go‘zalxon Haydarova 4 yil davomida o‘qish uchun 348 ming AQSH dollariga teng grant sohibi bo‘ldi.

O‘'quvchimizning keyingi ishlarida ham omad tilaymiz!