Prezident maktabi o‘quvchisi IELTS dan 8 ballni qo‘lga kiritdi!

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Farg‘ona shahridagi Prezident maktabi 10-sinf o‘quvchisi Sotivoldiyev Muhammaddiyor chet tili bilish darajasi bo‘yicha IELTS dan 8.0 ball yig‘di.

Farg‘ona shahridagi Prezident maktabi jamoasi o‘quvchimizning kelgusi ta’lim jarayonlarida omad va zafarlar tilaydi.