Объявлены итоги первого этапа вступительных экзаменов в Президентские школы!

Joriy yilning 26-28-iyul kunlari o‘tkazilgan saralash imtihon natijalari 7 avgust kuni Cambridge Assessment International Education tashkiloti veb-saytida e’lon qilindi: 

Test natijalarini kompyuterdan foydalangan holda quyidagi havola orqali ko‘rishingiz mumkin: https://www.admissionstesting.org/campaigns/pre-selection-results/

Ushbu ko‘rsatilgan veb-saytga kirganingizdan so‘ng: 

1.      Talabgor topshirgan hududini tanlang. 

2.      So‘ngra Prezident maktablariga topshirgan sinfini tanlang.  (5-, 6-, 7-, 8-, 9-, 10-sinf). 

3.      Nomzodning natijasini bilish uchun qidirish tugmasini bosib (Ctrl+F), sizga taqdim etilgan 11 raqamlik maxsus identifikatsiya raqamini tering va Enter tugmasini bosing. 

4.      Yakuniy bosqich imtihonlariga o‘tgan nomzodlar – jadvalning yuqori qismida ko‘k rangda belgilangan bo‘ladi. 

5.      Yakuniy bosqich imtihonlariga o‘ta olmagan nomzodlar esa – oq rang bilan belgilangan bo‘ladi.

E’lon qilinadigan natijalar namunasi taqdim etilmoqda.

Ushbu ko‘rsatilgan ro‘yxat NAMUNA ekanligini unutmang!

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 25-iyun 526-sonli qarorining “Prezident maktablari to‘g‘risidagi Nizom” 41-bandiga asosan, Prezident maktablariga kirish imtihonlari natijalarini tekshirish va talabgorlarning javoblari natijalarini baholash, ta’lim sohasida faoliyat yurituvchi xorijiy tashkilot - Cambridge Assessment International Education tomonidan amalga oshiriladi. 

Natijalar anonim tarzda e’lon qilinadi. Nomzodning shaxsiy ma’lumotlari ko‘rsatilmaydi. 

Shuningdek, Prezident maktablari nomzodlarga qo‘yiladigan talablar va qabul qilish tartibi bo‘yicha ma’lumotlarni rasmiy veb-sayt orqali olishingiz mumkin.

Havola: portal.piima.uz

Asosiy imtihonlar 20-23 avgust kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Yakuniy bosqichga saralash imtihonida qatnashgan nomzoddan 32640 tasi, ya’ni qabul kvotasida belgilangan har bir o‘ringa 20 kishi hisobidan talabgorlar yo‘llanma oladi.