#Prezident_maktablari_tajribasi
#seminar_trening
#Qaror_ijrosi_amalda
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentyabrdagi “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini 2023-yilda sifatli va oʻz vaqtida amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-300-son qarorida Prezident maktablari va ixtisoslashtirilgan maktablar “tayanch maktablar” sifatida umumiy oʻrta ta’lim muassasalari oʻqituvchilarini yangi ta’lim dasturlari, dars oʻtishning ilgʻor metodikalari va oʻquvchi bilimini baholashning zamonaviy usullariga oʻrgatib borishi belgilangan (https://lex.uz/uz/docs/-6600390).
Mazkur qaror ijrosi doirasida hududlar kesimida umumta’lim maktablari rahbar xodimlari, oʻqituvchilari uchun Prezident, ixtisoslashtirilgan maktablari tajribasi, yangi ta’lim dasturlari, dars oʻtishning ilgʻor metodikalari va oʻquvchi bilimini baholashning zamonaviy usullariga oʻrgatishni koʻzda tutuvchi seminar-treninglar, mahorat darslari tizimli ravishda tashkil etib kelinmoqda.
Xususan, Toshkent shahridagi Prezident maktabida poytaxtimizdagi umumtaʼlim maktablarining rahbar xodimlari, aniq va tabiiy fanlar oʻqituvchilari uchun "Taʼlimda biz birgamiz" shiori ostida ayni yoʻnalishda seminar-trening oʻtkazildi.
Seminarda xalqaro tajriba ega, malakali trenerlar tomonidan “Ta’limda zamonaviy boshqaruv tamoyillari”, “PISA – 2025. Tabiiy-ilmiy savodxonlik kompetensiyalari”, “Oʻquvchilarda tanqidiy fikrlarni rivojlantirish”, “Tadqiqotga asoslangan taʼlim” kabi mavzularda taqdimotlar oʻtkazildi, interfaol usullarda oʻquv-amaliy mashgʻulotlar olib borildi.
Shuningdek, seminar doirasida umumiy oʻrta taʼlim maktablari rahbar xodimlari, aniq va tabiiy fanlar oʻqituvchilari uchun Prezident maktabi boʻylab ekskursiya tashkil etildi. Unda ishtirokchilar taʼlim muassasasida yaratilgan zamonaviy taʼlim sharoitlari, dars oʻtishning ilgʻor metodikalari va oʻquvchi bilimini baholashning zamonaviy usullari, dars jarayonlari, oʻquvchilar erishgan yutuqlar bilan yaqindan tanishdi.