Prezident maktablariga belgilangan kvota doirasida 4-sinfni tamomlagan o‘quvchilar qabul qilinadi.



Prezident maktablariga belgilangan kvota doirasida 4-sinfni tamomlagan o‘quvchilar qabul qilinadi.

 Quyidagi hujjatlar topshiriladi:

🔹Hujjatlar ONLAYN shaklda ariza.piima.uz sayti orqali qabul qilinadi.

➖ baholar tabeli nusxasi (direktor tomonidan tasdiqlangan); 
➖ fotosurat (oxirgi 2 oyda olingan);  
➖ tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasi;
➖ ota-onasi yoki uning o‘rnini bosuvchi shaxsning pasport ma’lumotlari va telefon raqamlari (doimiy ishlab turgan telefon raqamlari) aniq va bexato kiritilishi lozim;

🔹 Prezident maktablariga kirish imtihonlari ikki  bosqichda quyidagi fanlardan o'tkaziladi.

1-bosqich: Matematika fanidan 30 ta topshiriq  (test shaklida)
2-bosqich: Tanqidiy fikrlash va muammoni yechish bo'yicha 40 ta topshiriq hamda ingliz tili fanidan 40 ta savol (test shaklida)

🔹 Imtihon natijalari Agentlikning rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.