Prezident maktablariga hujjat topshirish yuzasidan qo'yiladigan talablar

-Tug‘ilganlik to‘g‘risida guvohnoma (kinder pasport) nusxasi
- Belgilangan shakldagi ma’lumotnoma (talabgor ta’lim olayotgan maktab direktori tomonidan tasdiqlangan nusxasi)
- 3x4 o‘lchamdagi rasm (oxirgi 2 oy davomida tushirilgan)
- Baholar tabelining nusxasi (maktab direktori tomonidan tasdiqlangan 2020-2021 o‘quv yili natijasiga ko‘ra)
- Talabgor hamda uning ota-onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar fuqarolik pasporti ma’lumotlari (telefon raqami, elektron pochta manzili)

-Hujjatlarni belgilangan muddatlarda, to‘g‘ri va sifatli taqdim etish bo‘yicha mas’uliyat talabgorning ota-onasi (qonuniy vakillari) zimmasiga yuklatiladi.

-Talabgorning hujjatlari ishchi organ tomonidan ko‘rib chiqilgandan  so‘ng ularga hujjatlar qabul qilinganligi yoki rad etilganligi haqida xabar yuboriladi.
- Rad etilganda ko‘rsatilgan kamchiliklarni bartaraf etish uchun xabar yuborilgan vaqtdan boshlab, 48 soat ichida to‘g‘rilashga imkon beriladi.

-Hujjatlarni qabul qilish muddati tugagandan so‘ng ma’lumotlarni o‘zgartirishga imkon berilmaydi. 
Hujjatlarni rad etish 
-Belgilangan muddatlardan keyin saralash tanlovida  ishtirok etish xohishini bildirgan taqdirda;
-Talabgor o‘quv yili natojasiga ko‘ra mazkur tartibda ko‘rsatilgan fanlarni a’lo baholarga tugatmagan bo‘lsa;
-Talabgor ta’lim olayotgan maktabning hududiy mansubligi Рrezident maktabining hududiy mansubligiga mos kelmagan holda;
-Hujjatlar to‘liq taqdim etilmaganda;
-Taqdim etilgan hujjatlarni yozuvlar, muhrdagi yozuvlar sifatsiz holda nusxalangan bo‘lsa;
-Chet el fuqarosi bo‘lsa;
-Umumta’lim muassasalarining tegishli sinflarida o‘qishni to‘liq tamomlagan va Prezident maktabida xuddi shunday sinfida takroran o‘qish istagida bo‘lsa