Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi Prezident maktablariga maslahat-tanishtiruv kuni hamda 1 - bosqich kirish imtihonlarini o'tkazish rejalashtirilgan hududlar haqida ma'lumot
- Toshkent shahar va Toshkent viloyati- Toshkent shahar, Olmazor tumani, G‘alaba bog‘i hududidagi yopiq sahna maydonida va Toshkent shahridagi Botanika bog‘ining 1- va 2-maydonlarida;
- Sirdaryo viloyati - Guliston shahri markaziy o‘yingohida;
- Qashqadaryo viloyatida - Qashqadaryo viloyati “Nasaf” futbol klubi mashg‘ulotlar maydoni 2-va 3-maydonlarida;
- Farg'ona viloyati - Farg‘ona davlat universiteti stadioni va Marg‘ilon shahar 2-BO‘SM stadionida;
- Buxoro viloyati - Buxoro shahri "Dilkusho" tennis sport majmuasida;
- Jizzax viloyati - "So‘g‘diyona" markaziy o‘yingohi sun'iy qoplamali mashg‘ulot maydonida;
- Samarqand viloyati - "Lokomotiv" markaziy jismoniy tarbiya sport klubi Samarqand filiali futbol stadioni va Samarqand shahar 2-son bolalar va o‘smirlar sport maktabi stadionida;
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi - Nukus shahri "Turon" markaziy stadionida;
- Namangan viloyati - 17-bolalar va o‘smirlar maktabiga qarashli "Navbahor umid" stadionlarida;
- Xorazm viloyati - Urganch shahridagi Futbol akademiyasi qoshidagi "Xorazm" sport majmuasida;
- Navoiy viloyati - Navoiy shahridagi "Kimyogar" o‘yingohida;
- Andijon viloyati - Sportning o‘yin turlari va yengil atletikaga ixtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar sport maktabi asosiy stadioni 3-, 4- va 5-binolarida;
- Surxondaryo viloyati - "Surxon" sport majmuasi zaxira futbol maydoni va Termiz olimpiya zaxiralari kolleji futbol maydonida.
* Mazkur hududlar ro‘yxatiga Respublikadagi epidemiologik holatdan kelib chiqib, Respublika maxsus komissiyasi qaroriga ko‘ra o‘zgartirish kiritilishi mumkin.