Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimida yangi tashkil etilgan ixtisoslashtirilgan maktablar va maktab internatlarga sinflar kesimida quyidagi fanlardan imtihonlar bo‘lib o‘tadi

🔰Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimida yangi tashkil etilgan ixtisoslashtirilgan maktablar va maktab internatlarga sinflar kesimida quyidagi fanlardan imtihonlar bo‘lib o‘tadi. 

❗️ANIQ FANLAR YO‘NALISHI BO‘YICHA: 

📝5- va 6-sinflar ychun matematika, ingliz tili fanlaridan: 

📘matematika fanidan 25 ta, shundan 5 tasi mantiqiy fikrlashga yo‘naltirilgan savollardan iborat bo‘ladi. Har bir to‘g‘ri javob uchun 3,1 baldan jami 77.5 ball beriladi.

📘Ingliz tili fanidan 15 ta savoldan iborat bo‘lib, har bir to‘g‘ri javob uchun 2,1 baldan jami 31,5 ball beriladi.
Matematika va ingliz tili fanlaridan jami maksimal 109 ball beriladi. 

📝7-, 8-, 9-, 10-, 11-sinflar uchun matematika, fizika, ingliz tili fanlaridan:
 
📘matematika fanidan 20 ta, shundan 5 tasi mantiqiy fikrlashga yo‘naltirilgan savollardan iborat bo‘ladi. Har bir to‘g‘ri javob uchun 3,1 baldan jami 62 ball beriladi. 

📘Fizika fanidan 10 ta savoldan iborat bo‘ladi. Har bir to‘g‘ri javob uchun 3,1 baldan jami 31 ball beriladi. 

📘Ingliz tili fanidan 10 ta savoldan iborat bo‘lib, har bir to‘g‘ri javob uchun 1,1 baldan jami 11 ball beriladi. 
Matematika, fizika va ingliz tili fanlaridan jami maksimal l04 ball beriladi.

❗️TABIIY FANLAR YO‘NALISHI BO‘YICHA: 

📝7-sinflar uchun biologiya, ingliz tili fanlaridan:
📘Biologiya fanidan 25 ta, shundan 5 tasi mantiqiy fikrlashga yo‘naltirilgan savollardan iborat bo‘ladi. Har bir to‘g‘ri javob uchun 3,1 baldan jami 77,5 ball beriladi. 

📘Ingliz tili fanidan 15 ta savoldan iborat bo‘lib, har bir to‘g‘ri javob uchun 2,1 baldan jami 31,5 ball beriladi.
 Biologiya va ingliz tili fanlaridan jami maksimal 109 ball beriladi. 

📝8-, 9-, 10-, 11-sinflar ychun biologiya, kimyo, ingliz tili fanlaridan: 

📘Biologiya fanidan 15 ta, undan 5 tasi mantiqiy fikrlashga yo‘naltirilgan savollardan iborat bo‘ladi. Har bir to‘g‘ri javob uchun 3,1 baldan jami 46,5 ball beriladi. 

📘Kimyo fanidan 15 ta savol. Har bir to‘g‘ri javob uchun 3,1 baldan jami 46,5 ball beriladi. 

📘Ingliz tili fanidan 10 ta savoldan iborat bo‘lib, har bir to‘g‘ri javob uchun 1,1 baldan jami 11 ball beriladi. 
Biologiya, kimyo va ingliz tili fanlaridan jami maksimal 104 ball beriladi.