Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarda Konstitutsiyamiz qabul qilinganligining 30 yilligi munosabati bilan tadbir va tanlovlar tashkil etildi

Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarda Konstitutsiyamiz qabul qilinganligining 30 yilligi munosabati bilan tadbir va tanlovlar tashkil etildi.

Jumladan:

– Guliston shahridagi Prezident maktabida Bosh qomusimiz qabul qilingani munosabati bilan rasmlar tanlovi tashkil etildi.

– Buxoro shahridagi Prezident maktabida Buxoro viloyati Milliy gvardiya  boshqarmasi hamda Buxoro garnizoni harbiy xizmatchilari  hamkorligida tadbir tashkil etildi.

– Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabida 8-dekabr kuni munosabati bilan tadbir tashkil etilib, o’tgan choraklar davomida a’lo natijalar qayd etgan o’quvchilar, ularning ota-onalari hamda ustozlariga tashakkurnomalar taqdim etildi.

– Termiz shahridagi Prezident maktabida “Konstitutsiyam - porloq hayotim poydevori” nomli ikki bosqichli tanlov tashkil etildi. 

– Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda ham Konstitutsiya kuni munosabati bilan bayram tadbiri bo'lib o'tdi.

– Xiva shahridagi Prezident maktabida ham 8-dekabr kuniga bag’ishlangan bayram tadbiri tashkil etildi.