.
Mazkur tadqiqotlar “O‘zbekistonda o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatlarini oshirish bo‘yicha yondashuvlarni moslashtirish va ommalashtirish” loyihasi doirasida tashkil etilgan.
Unda Nukus, Namangan, Xiva va Toshkent shaharlaridagi Prezident va ijod maktablarining trenerlikka salohiyati bor 64 nafar o'qituvchisi ishtirok etmoqda.
Mazkur tadqiqot ishlari so'nggi 2 yilda COVID-19 bilan bog'liq vaziyat sababli ta'lim va o'qitish tizimida ro'y bergan o'zgarishlar, pedagog-kadrlarning kasbiy rivojlanishdagi ehtiyojlari va muammolarni o'rganishga qaratilgan.