Prezident ta'lim muassasalari agentligi huzurida Pedagogik mahorat va xalqaro baholash markazi tashkil etildi. 

Mazkur markazning asosiy vazifalari va faoliyat yo'nalishlari:

🔸Agentlik tizimidagi rahbar va pedagog xodimlarni uzluksiz kasbiy rivojlantirish, ularning malakasini oshirish kurslarini xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda tashkil etish;
🔸xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda Agentlik tizimidagi ta'lim muassasalaridagi o'quvchilarning bilim va ko'nikmalarini baholash va sertifikatlash;
🔸Agentlik tizimidagi ta'lim muassasalari bitiruvchilarini yakuniy davlat attestatsiyasidan o'tkazish hamda milliy sertifikatlash tizimini ishlab chiqish va joriy etish
🔸ta'lim va ilmiy tadqiqot sohalariga doir innovatsion loyihalarni amalga oshirish va boshqalardan iborat.