Davlatimiz rahbarining “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi» esdalik nishoni bilan mukofotlash to‘g‘risida”gi tegishli Farmoni asosida mamlakatimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shgan, xalqimiz faravonligini ta'minlash, yoshlarni sog‘lom va barkamol avlod qilib tarbiyalashdagi alohida fidoyilik ko‘rsatayotgan bir guruh yurtdoshlarimiz “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi” esdalik nishoni bilan mukofotlandi.
Mukofotlanganlar orasida Prezident ta'lim muassasalari agentligi direktori Hilola Umarova hamda Agentlik direktori o‘rinbosari Bosit Taxirov ham borligi Agentlik jamoasini behad quvontirdi.
Mukofot muborak bo‘lsin!
Mehnatingiz yuqori baholangani bilan samimiy tabriklaymiz!
Hurmat bilan,
Prezident ta'lim muassasalari agentligi jamoasi