Prezident ta'lim muassasalari agentligi tasarrufidagi maktablarda Vatanparvarlik oyligi tadbirlari bo'lib o'tmoqda

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarda Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 30 yilligi va 14-yanvar - Vatan himoyachilari kuni munosabati  bilan tadbirlar o'tkazilmoqda. 

Andijon shahridagi Prezident maktabi faxriy Qorovul qo'shinlari va Milliy gvardiya ishtirokida "XALQ VA ARMIYA – BIR TANU, BIR JON" shiori ostida tadbir bo'lib o'tdi. Tadbir davomida Milliy Gvardiya, Qorovul qo'shinlarining maxsus bo'linmasi va harbiy qismdagi askarlar tomonidan  turli jangovor chiqishlar o'quvchilar tomonidan katta qiziqish bilan kuzatildi. Tadbirdan ko'zlangan  maqsad, xalq va armiya yakdilligini yanada mustahkamlash, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashdan iborat.

Namangan shahridagi Prezident maktabi o'quvchilari Milliy Gvardiya Namangan viloyati Boshqarmasi Qo'riqlash xizmati bo'limida "Ochiq eshiklar kuni" tadbirida faol ishtirok etishdi. Tadbir davomida o'quvchilar qo'riqlash bo'limida tashkil etilgan "muzey", elektron o'qotar qurollardan foydalanish, xizmat mashinalari va vositalari, qurol yarog'lari bilan yaqindan tanishdilar. 

         

Navoiy shahridagi Prezident maktabi o'quvchi-yoshlari bilan O'zbekiston Resbuplikasi Qorovul qo'shinlarining Navoiy shahar 7532-sonli harbiy qism vakillari ishtirokida ma'naviy va ma'rifiy uchrashuv bo'lib o'tdi. Uchrashuv davomida qorovul qo'shinlarining maxsus bo'linmasi tomonidan ko'rsatilgan sahnalashtirilgan jangovor chiqishlari o'quvchilar tomonidan alohida qiziqish bilan kuzatildi.

Guliston shahridagi Prezident maktabida "Uch avlod" uchrashuvi o'tkazildi.  O'quvchilar keksa avlod vakillarining boy hayotiy tajribalari bilan tanishdi. Bo'lib o'tayotgan bu kabi qizg'in suhbatlar bolalarni nafaqat vatanparvarlik ruhida tarbiyalaydi, shubhasiz, porloq kelajak tomon yetaklaydi. Uchrashuvga Sirdaryo viloyati mudofaa ishlari boshqarmasi vakillari, MIB faxriylari, kengash a'zolari, MIB huzuridagi Jamoatchilik kengashi raisi tashrif buyurdi. Uchrashuvdan so'ng mehmonlar maktab kutubxonasi faoliyati bilan tanishdi  va kutubxonaga badiiy kitoblar  sovg'a qildi.

    

Jizzax shahridagi Prezident maktabida harbiy vatanparvarlik oyligi doirasida "Qo'mondon va yoshlar uchrashuvi" tashkil etildi. 

         

Nurafshon shahridagi Prezident maktabi o'quvchilari O'zbekiston Respublikasi Milliy Gvardiyasining Toshkent viloyati boshqarmasiga tashrif buyurishdi. Tashrifdan ko'zlangan maqsad o'quvchilarimizda vatanparvarlik ruhini yanada kuchaytirish hamda harbiy sohaga oid bo`lgan bilimlarini mustahkamlashdan iborat!