Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi 9 ta ijod maktabida ham darslar masofaviy tashkil etilmoqda.

Bunda mashg'ulotlar Google classroom orqali o'tilmoqda, dars jadvali asosiy fanlar kesimida qayta tuzilgan. O'qituvchi mashg'ulotlarda o'quvchining ishtiroki va javoblarini baholab boradi.

Ijod maktablarida, shuningdek o'quvchilarning vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida kasbga tayyorlov to'garak mashg'ulotlar ham onlayn davom etmoqda.