QIZLAR OLIMPIADASINING HUDUDIY BOSQICHI 

#qizlar_olimpiadasi

Joriy yilning 14-dekabr kuni Respublikamizning barcha hududida Agentlik tizimidagi maktablarning oʻquvchi qizlari o'rtasida matematika fani olimpiadasining hududiy bosqichi boʻlib oʻtdi.

Jami 1 770 nafar qizlar ishtirok etgan mazkur olimpiada Agentlikning har bir hududga masʼul etib belgilangan vakillari tomonidan joyiga chiqqan holda kuzatib borildi.

Qolaversa, olimpiada jarayonlarini toʻgʻridan-toʻgʻri kuzatib borish uchun ota-onalarga alohida sharoitlar yaratib berildi. Ular real vaqt rejimida test jarayonlarini kuzatib borishdi. 

Olimpiada jarayonlaridan suratlar.