QORAQALPOG'ISTONDAGI  IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLARGA KIRISH IMTIHONLARI BO‘LIB O‘TMOQDA

Ayni damda qoraqalpog‘istonlik o‘quvchilar uchun Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimida yangi tashkil etilgan ixtisoslashtirilgan maktablarga imtihonlarining ikkinchi kuni boshlandi. 

Bugun 8-sinflar uchun test jarayonlari bo‘lib o‘tadi. O'quvchilarga testlarni ishlash uchun 120 daqiqa vaqt ajratiladi. 

Agentlik tizimida yangi tashkil etilgan ixtisoslashtirilgan maktablarga imtihonlar Nukus shahrida bo‘lib o‘tmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, boshqa hududlarda ushbu maktablar uchun test jarayonlari o‘z nihoyasiga yetgan.