"Raqamli avlod IT haftaligi" doirasida Kibersport turniri tashkil etildi

Kundan-kunga boshqa sport turlari qatorida, Kibersportga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. 

Shaxsan davlat rahbari tashabbusi bilan kibersport alohida sport turi sifatida tan olindi hamda qo‘llab-quvvatlanmoqda. 

Ushbu tashabbusning mantiqiy davomi sifatida Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktab o‘quvchilari o‘rtasida "Raqamli avlod IT haftaligi" doirasida Kibersport turniri tashkil etdik.

Eng quvonarli jihati shundaki, bu turnirda o‘g‘il bolalar bilan bir qatorda, qizlar ham ishtirok etishmoqda

Barchaga omad yor bo‘lsin!
 

Hilola Umarova,

Prezident taʼlim muassasalari agentligi direktori