#ona_tilim_faxrim
⚡️Senatda “Ona tilim – faxrim” nomli adabiy kecha o'tkazildi
🗓 Bugun O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati binosida “Ona tilim – faxrim” nomli bayram tadbiri o'tkazildi. Bayram 21-oktabr O'zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi jamoasi va o'quvchilari ishtirokida bo'ldi (https://senat.uz/events/post-1426).
📌 Maktabimiz o'quvchilari dastlab senatorlar bilan samimiy va ochiq muloqot o'tkazishib, so'ngra bayramona dasturni taqdim etishdi.
🔰 Tadbirni Oliy Majlis Senatining Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo'mitasi raisi o‘rinbosari Dilorom Toshmuhammedova ochib berdi.
📚 So'ngra maktab direktori, tarix fanlari bo'yicha falsafa doktori, matnshunos olima Hilola Nazirova o'zbek tilining tarixiy taraqqiyoti, tarjimonchilik masalalari, tilimizga e’tibor mavzularida ma’ruza qildi.
🎼 Tadbir so'ngida kuylangan “Go'zal, Turkiston” qo'shig'i barchaning dilida g'urur, ona tiliga bo'lgan muhabbatning ramziy ko'rinishi bo'ldi.