Agentlik tizimidagi maktab o‘quvchilari Ostona shahrida bo‘lib o‘tayotgan “STEM Olimpiadasi – taʼlimda innovatsiyalar” xalqaro olimpiadasida ishtirok etishmoqda.
24-25-noyabr kunlari o‘tadigan “STEM Olimpiadasi – taʼlimda innovatsiyalar” xalqaro olimpiadasida Agentlik tizimidagi:
– Toshkent shahridagi Prezident maktabi,
– Andijon shahridagi Prezident maktabi,
– Farg‘ona shahridagi Prezident maktabi,
– Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi,
– Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi o‘quvchilari ishtirok etishmoqda.
Ayni paytda o‘quvchilarimiz olimpiadaning birinchi bosqichida o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazishmoqda.