Ta'lim onlayn shaklga o'tkazildi

Respublikamizdagi epidemiologik vaziyatni inobatga olgan holda, joriy yilning 24-yanvaridan e'tiboran Agentlik tizimidagi ijod, ixtisoslashtirilgan maktablarda va "Yangi O'zbekiston" universitetida darslar masofaviy shaklga o‘tkazildi.  

Jumladan, Al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda darslar e-class onlayn platformasi orqali tashkil etilmoqda. Bunda mashg'ulotlar  dars jadvali asosida onlayn olib boriladi, har bir o'quvchi shaxsiy kabinet orqali mashg'ulotlarda ishtirok etadi.

O'qituvchi o'quvchilarning davomati va uyga vazifalarini mazkur platforma orqali tekshirib boradi va baholaydi. Darslar yakunlangandan keyin ham o'tilgan mavzu bo'yicha materiallar platformada saqlanib qoladi, o'quvchi istagan vaqtida darslarni takrorlashi mumkin. 

Agentlik va maktab rahbariyati tomonidan onlayn darslar  markazlashgan tartibda nazorat qilib boriladi.