#teatr_ibratxonadir
#hududiy_bosqich
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar o‘rtasida "Teatr – ibratxonadir" shiori ostida o‘tkazilayotgan tanlovning hududiy bosqichi qizg‘in davom etmoqda.
Agentlikning Andijon va Buxoro viloyatlarida joylashgan maktablarining teatr jamoalari oʻzaro bellashdi. Yakuniy natijalarga koʻra:
Andijon viloyati bosqichida – "Eski shahar gavroshlari" spektakli bilan Andijon shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktabi teatr jamoasi;
Buxoro viloyati bosqichida – “Ilhaq” spektakli bilan Olot tuman ixtisoslashtirilgan maktabi teatr jamoasi Respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritishdi.