TERMIZ SHAHRIDAGI PREZIDENT MAKTABIDA "OCHIQ ESHIKLAR" KUNI OʻTKAZILADI

Joriy yilning 28-aprel kuni Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Termiz shahridagi Prezident maktabida “Ochiq eshiklar” kuni oʻtkaziladi. 

Ochiq eshiklar kunida:

➖Maktabdagi oʻqitish tizimi va metodikasi haqida taqdimot qilinadi;
➖Oʻquvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda imkoniyatlar bilan tanishtiriladi;
➖Koʻrgazmalar (oʻquvchilarning dars jarayoni va noakademik toʻgaraklardagi amaliy ishlaridan namunalar) oʻtkaziladi;
➖ Maktab hududi boʻylab ekskursiya uyushtiriladi.

28-aprel kuni
Soat 14:00 dan 17:00 gacha
Manzil: Termiz shahar, Hakim at-Termiziy ko‘chasi, 34b-uy 

Aziz oʻquvchilar, keling Prezident maktabimiz bilan tanishing! Nima uchun aynan Siz Prezident maktabi oʻquvchisi boʻlishingiz kerakligiga oʻzingiz ishonch hosil qiling!
 
Ro‘yxatdan o‘tish uchun: @TermizPM_ochiq_eshiklar_bot
 Ro‘yxatdan o‘tish muddati: 27-aprel, soat 22:00 gacha