Agentlik tomonidan UNESCO bilan hamkorlikda o‘tkazilayotgan oquv treninglar davom etmoqda

Prezident ta'lim muassasalari agentligi Agentlik tizimidagi maktablarda dars beruvchi pedagoglarning malakasini oshirib borish maqsadida UNESCOning O'zbekistondagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda pedagoglarning kasbiy malakasini oshirish ilmiy-tadqiqot loyihasi ustida ish olib bormoqda.

Mazkur tadqiqot loyihasi doirasida o'qituvchi kadrlarning kasbiy rivojlanishlari uchun maxsus model yaratish va uni sinovdan o'tkazish ko'zda tutilgan. Loyihaning ilk bosqichi sifatida face-to-face o'quv treninglar tashkil qilinmoqda. Navbatdagi trening mashg'ulotlari  Xiva shahridagi Prezident maktabida bo'lib o'tdi 

Unda Agentlikning xorijiy mutaxassislari pedagoglarni XXI asr pedagogikasining zamonaviy metodlari bilan tanishtirib bormoqdalar.

Ma'lumot o'rnida, ushbu loyihada Markaziy Osiyo davlatlari orasida faqat O'zbekiston ishtirok etmoqda.