TIZIMDAGI KADRLAR MENEJERLARI OʻZARO TAJRIBA ALMASHDI

#Seminar_trening

Nukus shahridagi Prezident maktabida Agentlikning Inson resurslarini boshqarish va rivojlantirish boʻlimi bilan hamkorlikda hududdagi Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining kadrlar boʻyicha menejerlari faoliyatini tizimli tashkil etishga bagʻishlangan seminar-trening oʻtkazildi.   

Unda kadrlar bilan ishlash boʻyicha hujjatlarni yuritish, hrm.argos.uz  va EDO.IJRO.UZ platformasida ishlash tartiblari kabi masalalar yuzasidan zarur maʼlumot va tavsiyalar berildi. Shuningdek, seminar ishtirokchilari oʻz ish faoliyatlari boʻyicha tajriba almashdi.