Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabiga hujjat topshirayotganlar diqqatiga!

IBROYIM YUSUPOV NOMIDAGI IJOD MAKTABI IQTIDORLI O'QUVCHILARNI QABUL QILISHGA TAYYOR!

2021/2022 o‘quv yili uchun hujjatlar qabuli 25 IYUN gacha ONLAYN shaklda portal.piima.uz sayti orqali amalga oshiriladi.

Qanday hujjatlar talab etiladi?
•  tug‘ilganlik to‘g‘risida guvohnoma yoki kinder pasport nusxasi;
•  3x4 rasm (oxirgi 2 oyda olingan oq fonda o‘quvchi formasida); 
•  baholar tabeli nusxasi (direktor tomonidan tasdiqlangan);
•  pasport ma'lumotlar va telefon raqamlar (talabgorning ota-onasi yoki uning o‘rnini bosuvchi shaxsning doimiy ishlab turgan telefon raqamlari).

Nechanchi sinflarga qabul qilinadi?
I.Yusupov nomidagi ijod maktabiga 7-sinfga qabul qilinadi.

Kirish imtihonlari qachon va qaysi fanlardan bo‘lib o‘tadi?

1️-bosqich
ijodiy imtixon - 100 ball
yozma ish - 50 ball
og‘zaki suhbat - 50 ball
2️-bosqich 
test 30 ta 
ona tili va adabiyot fanidan 20 ta ingliz tili fanidan 10 ta
Jami: 83 ball

Imtixonlar o‘tkazish sanasi haqida ma'lumot telefon raqamingizga SMS tarzida jo'natiladi.

Qabul jarayoni va tartibi to‘g‘risida qo‘shimcha ma'lumot:
“Call-markaz”  qisqa raqami:  1206;   71 207-72-22
Internet:  portal.piima.uz
Telegram: @piimauz
Facebook: piima.uz